Ruminiya hukumati Rossiyani mamlakat uchun xavf tug‘diruvchi davlatlar ro‘yxatiga qo‘shdi

Ruminiya Rossiya bilan ziddiyatga borishga tayyor. Sababi, bu holatga AQSh tomonidan “yaxshi haq to‘lanadi”, deya ta’kidladi Ura.ru muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Tinch okeani davlat universiteti professori Ildus Yarulin.

Rambler.ru nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Ruminiyaning 2020-2024 yillardagi milliy mudofaa strategiyasi dasturiga mamlakat hukumati tomonidan doimiy xavf kelib turadigan Rossiyani rasman dushman davlat, deya tan olishga tayyor ekanligi to‘g‘risida alohida band kiritilgan.

Ruminiya hukumatining bunday qarorga kelishiga sabab qilib, Qrimning zo‘rlik bilan olingani, Rossiya harbiy kuchlarining Pridnestrovyada joylashtirilgani kabilar ko‘rsatilgan.

“Bu shunchaki sodir bo‘lmayapti. Chunki buning uchun amerikaliklar tomonidan yaxshigina haq to‘lanmoqda. Agar Rossiya dushman bo‘lsa, demak kimdir do‘st bo‘lishi kerak”, deya ta’kidladi Ildus Yarulin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyo siyosiy haritasida “ta’sir doiralarni kengaytirish” amalga oshirilmoqda. AQSh hatto kichik davlatlar ham oshiqayotgan “o‘z blokini barpo etmoqda”.

- Ayni vaqtda “katta xo‘jayin” soyasi ostida bo‘lish foydali. AQSh turli kreditlar va imtiyozlar bilan siylaydi, - dedi siyosatshunos olim.