“Samarqand” aeroportida bojxona xodimlari o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazdi

“Samarqand” xalqaro aeroportidan ko‘plab yo‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishadi. Yo‘lovchilar va ularning qo‘l yuklari sifatli va qisqa muddatda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.

Bunda bojxona xodimidan malaka talab qilinadi. Bojxonachilarning bilim saviyasini oshirish maqsadida “Samarqand” aeroporti chegara bojxona posti xodimlari ishtirokida viloyat bojxona boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha maxsus otryadi bilan hamkorlikda nazariy va amaliy o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad chegara bojxona xodimlari tomonidan fuqarolarning yuk bagaji va qo‘l yuklarida portlovchi moddalar topilishi bilan bog‘liq tezkor vaziyatlar yuz berganda bojxona xodimlarining to‘g‘ri harakatlanish tartibi hamda hamkorlikdagi organlarning tegishli xizmatlarini jalb qilgan holda birgalikdagi harakatlarini takomillashtirishdan iborat.

Bu kabi o‘quv-mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi albatta xodimning malakasini oshishiga hamda ish samaradorligini yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Samarqand viloti bojxona boshqarmasi

axborot xizmati.