Samarqand bu yil 500 ming xorijiy sayyohni kutmoqda
- 27.02.2019 16:27
- 71
- Sayohat
O‘tgan yili viloyatimizda 100 dan ortiq davlatlardan 351 ming chet ellik hamda 2 mln. mahalliy sayyohlar tashrif buyurib, ularga 116.7 mln. dollarlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu haqda viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev viloyat Kengashi deputatlariga hisobotida ma’lum qildi.
Joriy yilda viloyatimizda 500 ming xorijiy va 2.5 mln. mahalliy sayyohlar kelishi kutilmoqda. Turistik xizmatlar sifatini va ko‘lamini kengaytirish, ularning vaqtini mazmunli tashkil etishda shart-sharoitlar yaratish evaziga sayyohlarning viloyatimizda bo‘lish muddati 3-3.5 kungacha uzayadi. Turistik xizmatlar eksporti 220 mln. dollarga yetkaziladi.
Teglar:
Turizm
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa