Samarqand davlat tibbiyot instituti talaba va magistrlari Qashqadaryoga safarbar etiladi

Samarqand davlat tibbiyot institutida Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimiga amaliy yordam ko‘rsatish uchun safarbar etiladigan talaba va magistrlar to‘g‘risida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda qashqadaryolik va surxondaryolik magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) yo‘nalishlarining 5- va 6-bosqich talabalari sog‘liqni saqlash tizimida shifokorlar yetishmayotgan viloyatga yuboriladigan bo‘ldi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori asosida Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 noyabrda rasmiylashtirilgan “Bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini tibbiyot muassasalariga ishlashga yuborish haqida”gi buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Safarbarlikka jalb etilayotgan 300 nafarga yaqin talaba va magistrlar yarim kun aholiga tibbiy yordam ko‘rsatadi hamda kunning ikkinchi yarmida onlayn tarzda o‘qishini davom ettiradi. Ular ushbu tadbir jarayonida o‘z ish o‘rinlarini ham topishi ko‘zda tutilmoqda.

Odilbek AHMEDOV.