Samarqand davlat universiteti harbiy kafedrasi faoliyati tugatiladi
- 17.06.2020 15:45
- 1244
- Ta’lim
Bu haqda kecha universitet rektori Rustam Xolmurodov kengash yig‘ilishida e’lon qildi.
Shuningdek, mexanika va matematika fakulteti bundan buyon matematika fakulteti, deb nomlanadi. Iqtisodiyot va biznes fakulteti ham tugatiladi.
- Iqtisodiyot va biznes fakulteti talabalarining bilim ko‘rsatkichi pastligi bois ushbu fakultetni yopishga qaror qildik, - dedi universitet rektori.
Qabul kvotalari parametrlariga ko‘ra, Samarqand davlat universitetida 2020-2021 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishiga 3325 nafar o‘rin ajratildi. Shundan 763 nafari grant, 2562 nafari kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Xurshida ERNAZAROVA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayotni saqlab qolgan bilim: Mansurning hikoyasi
- Bugun, 06:16
- Jamiyat
Temuriylar davrining buyuk me’mori
- Bugun, 06:10
- Madaniyat