Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand davlat universiteti UrDUga hamkorlik qo‘lini uzatdi

Samarqand davlat universitetining iqtidorli talabalari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faol yetakchilaridan iborat universitet jamoasi ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar bilan tanishish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilk bor Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif universitetlarning yetakchilari, faol talabalari o‘rtasida ochiq, samimiy munosabatlar, fikr va g‘oyalar almashinuvi bilan boshlandi.

-Urganch davlat universitetiga tashrifimiz biz uchgun yangi imkoniyatlarni ochib beradi, dedi SamDU yoshlar ittifoqi matbuot yetakchisi Abduvahob   Maxammatov. -  Chunki bugun yurtimizdagi islohotlarga mos ravishda biz ham o‘zaro tajriba almashish, loyihalar va fikrlar xilma-xilligini shakllantirishni maqsad qilganmiz.

Talabalar Urganch davlat universitetining yaqinda qurib bitkazilgan 500 o‘rinli yotoqxonasi, Zakovat intellektual klubi, loyihalar fabrikasi, IT markazlar, didaktik ko‘rgazmalar loyihalarini yaratish xonalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng, Urganch shahrida joylashgan “Avesto” majmuasiga, Jaloliddin Manguberdi yodgorlik-majmuiga sayohat uyushtirildi.

Shahzod Tog‘aymurodov.