Samarqand delegatsiyasi Koreyada

Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida viloyat hokimi E.Turdimov boshchiligidagi mutasaddilar va ishbilarmonlar Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

    Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tashrifning birinchi kunida  Koreyaning mashhur “Maeil business newspaper” media markazining taklifiga muvofiq tahririyatga tashrif buyurilib,  ommaviy axborot vositalari uchun intervyu berildi.

     Kunning ikkinchi yarmida 200 ga yaqin samarqandlik va koreyalik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum tashkil etilib, mamlakatimizda tadbirkorlik uchun yaratilgan shart-sharoitlar, viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati ko‘rgazmali vositalar asosida taqdimot qilindi. Samarqand viloyatining investitsion jozibadorligi borasida koreyalik tadbirkor va ishbilarmonlarning fikr-mulohazalari eshitildi. Biznes forum davomida tadbirkorlarimiz o‘z investitsion loyihalari haqida ma’lumot berib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Kun davomida bir qator memorandum va shartnomalar imzolashga erishildi.

     Delegatsiyaning Janubiy Koreyaga tashrifi davom etmoqda.