Samarqand viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda: ular xitoylik tadbirkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida ishbilarmonlar va mutasaddi rahbarlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kelishuvlarga erishish maqsadida tuzilgan dastur doirasida qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Dastur doirasida dastlabki uchrashuvlar Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida amalga oshirildi. Viloyatimiz delegatsiyasi Chjenchjou shahri Xalqaro aeroport huzuridagi erkin iqtisodiy zonasi hamda u yerdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Xenan provinsiyasi vitse gubernatori janob Huanq Qiang bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Delegatsiya a’zolari Xalqaro investitsiya va savdo ko‘zgazmasiga tashrif buyurgan mehmonlar sharafiga tashkil etilgan rasmiy qabulda ishtirok etishdi.
Delegatsiya a’zolarining Xitoy Xalq Respublikasidagi faoliyati davom etmoqda.