Samarqand iqtisodiyot va servis institutida eng yaxshi maqola sovrindoriga rektor sovg‘asi beriladi
Talabalarning bӯsh vaqtini samarali va mazmunli ӯtkazish, ularni kitob ӯqishga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis institutining rasmiy telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusidan kelib chiqqan holda tanlov va viktorinalar ӯtkazilmoqda.
Jumladan, 17 martda e’lon qilingan (#SamISIda_iqtibos) kӯrik tanlovi ham shular jumlasidandir.
Hozirga kelib tanlovning birinchi fasli ӯz nihoyasiga yetdi. Ushbu tanlovda 70 dan ortiq talabalar ӯz iqtiboslari bilan ishtirok etgan bӯlsa, ularni qӯllab-quvvatlaganlar soni 1500 kishidan oshib ketdi.
Tanlov quyidagi jarayonlarni ӯz ichiga qamrab oldi:
1. Har bir iqtibos talaba mutolaa qilgan kitobidan keltirilishi belgilab qӯyildi.
2. Iqtibos talaba mutolaa qilayotgan kitob yoki bajarayotgan biror mashg‘ulot aks etgan fotosurat bilan "like" boti orqali institutning rasmiy telegram kanaliga joylashtirildi.
3. Talabalar "like"lari sonini oshirish uchun ӯz jamoalarini shakllantirib, ushbu iqtiboslarni ӯz guruhlari va yaqinlari ӯrtasida targ‘ib qilishdi. Shu orqali ӯzlari ӯqigan kitobni ommaga "reklama" ya’ni targ‘ibot qilishdi.
Bu esa ӯz-ӯzidan kitob ӯqishga qiziqishni oshirish bilan bir qatorda kitobxonlar auditoriyasini ham kattalashtirdi.
Tanlov qatnashchilaridan 3 ta iqtibos muallifi tanlab olindi.
Tanlov sovrinini esa kitobxonlikni yanada oshirish, shuningdek talabalarni kitob ӯqishga undash maqsadida sovrindorlarga badiiy kitoblar tӯplami hamda diplomlar tayyorlandi.
Ta’til tugagach, sovg‘alar va diplomlar ӯz egalariga topshiriladi.
⚡️⚡️⚡️⚡️
Tanlov tugashiga qaramasdan kelib tushayotgan talabalar sӯrovlariga binoan tanlovning 2 faslini ӯtkazishga qaror qildik.
Hozirga kelib, tanlovning ikkinchi fasli boshlandi!
____________________
⚡️⚡️⚡️⚡️
Shuningdek, shu yilning 3 aprelidan SamISI telegram kanalida talabalar uchun (#Men_ta’tilda) loyihasi ham e’lon qilindi va ushbu loyiha ta’til tugagunicha amal qiladi.
Loyihada talabalar 50 ta sӯzdan kam bӯlmagan hajmda ta’til vaqtida nima ish bilan shug‘ullanayotganini qiziqarli maqola sifatida ӯsha jarayon aks etgan ӯz fotosuratlarini yuborishlari sӯralgan.
Hozirga qadar 10 dan ortiq maqolalar talabalar tomonidan elektron tarzda onlayn yuborildi va kanalga "like" boti orqali joylashtirilmoqda.
Ta’til tugagach, eng mazmunli maqolalar uchun badiiy kitoblar tӯplami, diplomlar, shuningdek, "Eng yaxshi maqola" sovrini uchun rektor sovg‘asi topshiriladi.
Uyda qoling va kitob mutolaa qiling, azizlar!
SamISI matbuot xizmati.