Samarqand shahri ichimlik suvi iste’molchilari diqqatiga!

Samarqand shahrini ichimlik suv bilan ta’minlovchi “Cho‘pon ota” suv inshooti va shahar ichimlik suv tarmoqlarini 2022 yil bahor va yoz mavsumlariga tayyorlash maqsadida 2022 yil 30 mart, soat 20.00 dan 1 aprel soat 23.00 gacha ta’mirlash ishlari bajariladi.

Shu bois Samarqand shahrining Sartepa maskani, Zarafshon shoh ko‘chasi, Termiz, Gulobod, Panjakent, Sadriddin Ayniy, Mo‘liyon, Lolazor ko‘chalari, Navbog‘chiyon, "Ko‘l"", "Oqsaroy", Qir" mahallalari, Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob, Shohi Zinda ko‘chasi, Siyob bozori hududi, Islom Karimov, Dahbed ko‘chalari, G‘iyosiddin Jamshid, Ibn Sino, Ro‘dakiy ko‘chalari, Registon maydoni, Universitet xiyoboni, A.Jomiy, M.Qoshg‘ariy, Otaxo‘jayev, Mir Said Baraka, Amir Temur ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy-joylar, "Mikrorayon A" va "Mikrorayon B", So‘g‘diyona maskani, Buxoriy, Gagarin, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarida qisman va yuqorida qayd etilgan manzillarga tutashgan hududlarida ichimlik suvining uzatilishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Korxona tomonidan ichimlik suv ta’minoti to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalar orqali suv yetkazib beriladi.

Telefonlar: 66-233-18-21, 95-411-18-21.

"Samarqand suv ta’minoti" MChJ.