Samarqand shahri oqava suv tarmoqlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan ta’mirlanmoqda
- 13.11.2019 10:20
- 170
- Samarqand

Ayni kunlarda Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasida joylashgan suvlarni tozalash inshootiga yetkazib beruvchi “SP-3” markaziy nasos stansiyasi Jahon banki mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlanmoqda.
“SP-3” stansiyasida bugun zamonaviy rusumdagi suvni ko‘tarib beruvchi nasoslar o‘rnatilmoqda. Buning natijasida shahar oqava suv tizimidagi ishlarning sifati yanada oshadi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida suvni ko‘tarib berishga mo‘ljallangan ana shunday 5 ta nasos stansiyasi mavjud bo‘lib, ular oqava suvlarni bir joyda to‘plab, qayta ishlaydi va markaziy oqava tarmog‘iga yetkazadi.
Samarqand viloyati "Suvoqava" DUK axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- Kecha, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa