Samarqand shahrida avtobus haydovchilari bir xil kiyim kiyadi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasining xabar berishicha, joriy yilning 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalida xizmat qiluvchi avtobus haydovchilariga yagona forma (bir xil turdagi kiyim) joriy etiladi.

Siz suratda ko‘rib turgan uch turdagi forma viloyat hokimligiga muhokamaga kiritilgan va ular ichida oq va qora rangli kiyim jamoatchilikka ma’qul kelgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Samarqand shahridagi yo‘nalishli avtobus haydovchilariga ham ish vaqtida shu turdagi formada bo‘lish yo‘lga qo‘yiladi.