“Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi”mi?
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar qiladi:
17 iyul kuni «Daryo» elektron axborot portalida “Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi” nomli sarlavha bilan Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilinganliklari haqidagi maqola chop etildi.
Maqoladagi ma’lumotlarga ko‘ra, 8 iyuldan boshlab Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariga hokimlik tomonidan ushbu ko‘chada qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur maqolada keltirilgan holatlarni joyiga chiqqan holda to‘liq va har tomonlama o‘rganish uchun vazir o‘rinbosari v.b. N.Yakubov boshchiligida ishchi guruh tomonidan xizmat tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Tekshiruv natijalari xususida yana batafsil axborot beriladi.