Samarqand shahrida "Yoshlar va qonun" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
- 28.05.2019 15:16
- 407
- Samarqand
Samarqand shahridagi Yoshlar markazida "Yoshlar va qonun" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda barcha tuman va shaharlardan kelgan bittadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jamoalari huquqiy bilimlarini to‘rtta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazdi.
Ishtirokchilarning chiqishlari malakali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rin Narpay tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Tafakkur” jamoasiga nasib etdi. Keyingi o‘rinlarni esa Urgut tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Liberal” va Samarqand tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Lawyers” jamoasi band qildi.
G‘oliblarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
G‘ofurjon Bobobekov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa