Samarqand shahridagi 26 ko‘p qavatli uy ta’mirlanyapti

Viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Negmatovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili qishda Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda yuzaga kelgan muammolari bo‘lgan 26 ta ko‘p qavatli uy-joy «Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi»ning 7,9 milliard so‘m mablag‘i hisobidan ta’mirlanmoqda.

Hozirgacha shahardagi 12 ta uyning tom qismi mukammal ta’mirlanib, 12 ta yerto‘lasi tartibga keltirildi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari sozlandi. 13 ta uyning isitish tizimi hamda fasad qismi ta’mirlandi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat bo‘yicha 266 ta ko‘p qavatli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha ularning 60 foizida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan.