"Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida qo‘shimcha "Afrosiyob" poyezdlari yo‘lga qo‘yiladi
- 07.09.2022 17:35
- 159
- Samarqand

"O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi ma’lum qilishicha, ushbu qo‘shimcha qatnov 14 — 18 sentyabr Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan ShHT a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi sabab yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
767/768-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektropoyezdlarining harakati 12 sentyabr kunidan 18 sentyabrgacha 7 ta reysga yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi vaqt oralig‘ida harakatlanadi:
➖767-sonli "Samarqand — Toshkent" yo‘nalishidagi poyezd "Samarqand" vokzalidan soat 11:08 da jo‘nab, "Toshkent-Markaziy" vokzaliga soat 13:18 da yetib boradi.
➖768-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishidagi poyezd "Toshkent-Markaziy" vokzalidan 13:40 da jo‘nab, "Samarqand" vokzaliga soat 15:48 da yetib boradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Bugun, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Bugun, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Bugun, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat