«Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg» yo‘nalishida dastlabki avtobus yo‘lga chiqdi
- 25.02.2020 18:07
- 118
- O‘zbekiston
Bugun, 25 fevral kunidan boshlab ushbu yo‘nalishda muntazam avtobus qatnovi o‘z faoliyatini boshladi.
Bugun soat 09:00 Samarqand avtovokzalidan yo‘lga chiqqan avtobus «Toshkent» avtovokzalidan qo‘shimcha yo‘lovchilarni olib, Sankt-Peterburg tomon yo‘l oldi. Sank-Peterburg markaziy avtovokzaligacha davom etadigan yo‘nalish qatnov masofasi 4 436 kilometrni tashkil etadi.
Yangi yo‘nalishdagi chipta narxi Samarqanddan 840 000 so‘m Toshkentdan esa 800 000 so‘mni tashkil etadi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan «Uzautotrans service» MChJ va Rossiyaning «TTK GLOBUS» MChJ korxonalari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Teglar:
avtobus qatnovi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa