Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Samarqand va Samarqand viloyatining boshqa bir qator tumanlari aholisi suv ta’minotidagi uzilishlarga duch kelmoqda.

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ ma’muriyati markazlashgan ichimlik suvi iste’molchilaridan joriy yilning tabiiy qurg‘oqchiligi sababli suv ta’minotida kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Hozirda yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli yer osti suvlarining sathi (debiti) pastlashib ketgan.

Natijada inshootlardagi nasos uskunalarining mo‘’tadil ishlashida yer osti suvi zaxirasining yetishmasligi sababli Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Past Darg‘om, Nurobod, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun toza ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarni olib kelmoqda.

Mazkur holat tez orada Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining oshishi va bu bilan bog‘liq yer osti suvlari zaxirasining sathining ko‘tarilishi bilan o‘z yechimini topishini aytilgan.