Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida hujjatlarni qabul qilish boshlandi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida hamkor Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti va Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi hamda Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (Life science and technology - LLU) o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari (Double degree) asosida abituriyent va talabalar hujjatlarining qabul jarayonlari boshlandi:

Bakalavriat

➖Zooinjeneriya (turlar bo‘yicha) (Belarus Grodno davlat agrar universiteti) 20 rus 2+2
Iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha) 20 rus 2+2

➖Veterinariya meditsinasi (Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi) 20 rus 3+2

➖Veterinariya farmatsevtikasi 20 rus 2+2

Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi (Latviya Latviya tabiiy bilimlar va texnologiyalar universiteti) 20 ingliz 1+3

Magistratura

Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning an’anaviy va innovatsion texnologiyasi hamda sertifikatsiyasi (Latviya tabiiy bilimlar va texnologiyalar universiteti) 5 ingliz 0,5+1,5

Hujjatlarni qabul qilish www.qabul.samvmi.uz sayti orqali onlayn tarzda 2021 yilning 20 sentyabr sanasigacha amalga oshiriladi.

Talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati: (elektron skaner variantlarda)
• Fuqarolik pasporti;
• Diplom (ilovasi bilan) yoki attestat.
• 3x4 rasm
• Til bilish darajasi bo‘yicha sertifikat (CEFR, IELT).