Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga 20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanmoqda
- 04.06.2019 15:59
- 198
- Samarqand
Ayni paytda viloyat axborot-kutubxona markazida qayta qurilish ishlari davom etyapti.
Majmua rahbari Sh.Ahmedovaning aytishicha, kutubxona “UZPRO BUILDING” mas’uliyati cheklangan jamiyati qurilish tashkiloti tomonidan joriy yil yakuniga qadar to‘liq ta’mirlab bo‘linadi.
20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga zamon talablariga mos tarzda bunyod etilayotgan kutubxonada kitobxonlar uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Jumladan, havo haroratini mo‘’tadil saqlab turuvchi moslama, internet tizimi, elektron kitoblar jamlanmasi, zamonaviy kompyuterlar, kitobxonlar uchun zal va oshxona kabi qulayliklar tashkil etiladi.
Darvoqe, mazkur kutubxona vaqtincha Samarqand shahri Xo‘ja Ahror Vali ko‘chasidagi sobiq stomatologiya instituti (So‘zangaron tibbiyot kolleji yoni)ga ko‘chirilgani bois kitobxonlar o‘sha yerga borib kitob mutolaa qilishlari mumkin.