Samarqand viloyat sudlari rahbarlari Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida sayyor qabul o‘tkazadi
- 14.08.2019 14:25
- 157
- Samarqand
Samarqand viloyati jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarining raislari joriy yilning 16 avgust kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha Bulung‘ur tumani Xalq qabulxonasida, shuningdek, soat 14:00 dan 16:00 gacha Jomboy tumani Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazadi.
Sayyor qabulda tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari yechimini topmayotgan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilinadigan masalalar bo‘yicha viloyat sudlari rahbarlariga shaxsan murojaat qilishlari mumkin.
Teglar:
Sayyor qabul