Samarqand viloyat sudlari rahbarlari Urgut va Toyloq tumanlarida sayyor qabul o‘tkazadi
- 22.08.2019 17:31
- 112
- Samarqand
Samarqand viloyati fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlari raislari 2019 yil 23 avgust kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha Urgut tuman Xalq qabulxonasida, shu kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Toyloq tuman Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazadi.
Sayyor qabulda tadbirkorlar va fuqarolar o‘z yechimini topmayotgan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilinadigan masalalar bo‘yicha jinoyat, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy sudlari viloyat rahbarlariga shaxsan murojaat qilishlari mumkin.
Teglar:
Sayyor qabul