Samarqand viloyati aholisiga fevral oyida 1383 ta maishiy gaz ballon yetkazib berildi
- 05.03.2019 13:33
- 65
- Samarqand
"O‘ztransgaz" gaz tarqatish bo‘yicha Samarqand filiali tomonidan tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarda yashovchi aholini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash maqsadida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2019 yil boshidan iste’molchilarga berilgan gaz ballonlar soni 2 ming 953 tani tashkil etdi. Jumladan, shu yilning fevral oyi davomida 1383 ta maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Ushbu gaz ballonlar asosan «Payariqtumangaz» filiali (150 ta), «Chelakgaz» filiali (960 ta), «Go‘zalkentgaz» filiali (223 ta), «Urguttumangaz» filiali (50 ta) tomonidan tabiiy gaz yetib bormaydigan hududlarda yashovchi aholiga yetkazib berildi.
Teglar:
gaz ballon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hozirda Yer yuzida qancha odam yashaydi?
- Bugun, 17:23
- O'qing, qiziq!