Samarqand viloyati bo‘yicha 149 ta “fider” - elektr tarmoqlarida zararlanish kuzatilgan. 14:00 gacha 109 tasida ta’minot tiklangan
Kecha Samarqandda yoqqan kuchli qor ko‘plab daraxtlarni sindirgani, buning oqibatida elektr energiyasi tarmoqlarida uzilishlar va shikastlanishlar sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.
"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘yicha 149 ta fiderlar - elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Shundan, 109 ta holat bo‘yicha zararlanishlar soat 14:00 ga qadar bartaraf etilib, hozirda 40 ta elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Samarqand shahrida 18 ta fiderlarda o‘chishlar sodir bo‘ldi. Ushbu “avariya” holatlari shaharning Kimyogarlar qo‘rg‘oni, Buyuk Ipak yo‘li maskani, Sug‘diyona massivi hududlarida, Ahmad Yassaviy, Navbog‘chiyon, Bo‘zi MFYlarida, Motrid, Galaosiyo, Hujum, Obi Rahmat, Sadriddin Ayniy hamda Gagarin ko‘chalarida elektr energiyasida uzilishlar sodir bo‘lgan.
Uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga korxonaning barcha tegishli kuch va vositalari jalb qilingan.