Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tadbirkorlar bilan uchrashdi

Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida viloyat hokimi E.Turdimovning navbatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlarning muammosi o‘rganildi.

Bir hafta davomida 37 nafar tadbirkor o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan ariza topshirgan bo‘lsa, uchrashuvgacha tegishli mutasaddilar tomonidan 33 ta murojaat ijobiy hal etildi.

Bu galgi uchrashuvda muammosi hal etilmagan 4 nafar tadbirkor o‘z faoliyat turini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma olish, qurilish uchun yer maydoni ajratish, yer osti boyliklarini qazib olish uchun litsenziya olish, qurilish ishlarini boshlashda ruxsatnoma berilmayotganligi yuzasidan viloyat rahbariga murojaat qildi.

Qabulda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar berildi.