Samarqand viloyati Kengashining 42-sessiyasi 10 sentyabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2021 yil 31 avgustda "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qirq ikkinchi sessiyasi 2021 yil 10 sentyabr kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan Bulung‘ur tumani sektor rahbarlarining hisoboti;
- viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Yu.Bobonazarovning mahalliy byudjet daromadlarini oshirish bo‘yicha joriy yil ikkinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan hisoboti;
- viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Z.Jo‘rayevning viloyatda maktabgacha ta’lim tizimining bugungi kundagi holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Temirovning viloyatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning o‘z muddatlarida to‘liq va samarali bajarilishi yuzasidan hisoboti;
- boshqa masalalar.