Samarqand viloyati prokurori qabulida tergov va surishtiruv bilan bog‘liq 11 ta murojaat tushdi
- 30.11.2020 22:20
- 458
- Samarqand
Samarqand viloyati prokurori R.Masharipov fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari uchun qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida 6 nafar shaxsning murojaati bo‘yicha qonuniy tushuntirish berilib, 26 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun viloyat prokuraturasi ish yurituviga qabul qilindi. Bu murojaatlarning 3 tasi uy-joy va moddiy yordam, 11 tasi tergov va surishtiruv, 12 tasi esa sud qarorlari va ularning ijrosi masalasida bo‘ldi.
Jumladan, M.Rahimova va boshqalarning murojaati joyida qanoatlantirildi. Ya’ni, Samarqand viloyati IIB tomonidan Sh.Alimjanovaga nisbatan o‘zgalar ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritganlik holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan olib borilayotgan qo‘shimcha tergov harakatlari viloyat IIB tergov bo‘limidan viloyati prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limiga o‘tkazildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa