Samarqand viloyatida 47 nafar fuqaroda koronavirus yuqtirganlik holati aniqlandi

2020 yil 11 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 45 927 (+248) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 147 nafari Toshkent shahrida, 47 nafari Samarqand viloyatida, 14 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 6 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida, 5 nafardan Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, qashqadaryolik 54 yoshli A.J. (erkak) hamda poytaxtlik 37 yoshli Sh.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 42 555 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 997 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.