Samarqand viloyatida g‘allachilikdagi o‘sish 1990 yilga nisbatan 4,4 barobarga oshdi
- 07.07.2019 10:31
- 76
- Samarqand
Avval xabar qilganimizdek, samarqandlik g‘allakorlar davlatga don sotish shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarishdi.
Xo‘sh, samara, hosildorlik qanday bo‘ldi?
Solishtiradigan bo‘lsak, 1990 yilda viloyat bo‘yicha sug‘oriladigan maydonlardan 155,5 ming tonna don olinib, hosildorlik 23,5 sentnerni, 2000 yilda 380,6 ming tonna va hosildorlik 38,8 sentnerni, 2013 yilga kelib yalpi hosil 701,4 ming tonna va hosildorlik 45 sentnerni, 2018 yilda esa 570 ming tonna va hosildorlik 52,3 sentnerni tashkil qildi.
Yoki g‘allachilikdagi o‘sish 1990 yilga nisbatan 4,4 barobarga, 2000 yilga nisbatan 1,8 barobarga oshdi. Joriy yilda esa suvli maydonlardagi o‘rtacha hosildorlik 71,2 sentnerni tashkil etib, 1990 yilga nisbatan 47,7 sentnerga, 2000 yilga nisbatan 32,4 sentnerga, 2018 yilga nisbatan 18,9 sentnerga o‘sishga erishildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa