Samarqand viloyatida mobil aloqa sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida vaqtinchalik aloqa sifati pasayishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining xabar berishicha, «UMS» MChJ tomonidan Samarqand viloyatida mobil aloqa sifatini va qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ayrim shahar va tumanlardagi tayanch baza stansiyalarni montaj va demontaj qilishga ehtiyoj paydo bo‘lgan bo‘lib, ushbu ishlar bosqichma-bosqich ravishda 2019 yilning 30 sentyabr oyiga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, olib boriladigan ishlar natijasida «UMS» MChJ tomonidan taqdim etilayotgan aloqa sifatining pasayishi kuzatilishi mumkin.
Montaj va demontaj ishlari shahar va tumanlar bo‘yicha quyidagi oylarda amalga oshiriladi:
1) Samarqand shahar – may, iyun (10 hafta davomida);
2) Bulung‘ur va Jomboy tumanlari – iyun (2 hafta davomida);
3) Urgut va Toyloq tumanlari – iyun, iyul (3 hafta davomida);
4) Payariq va Ishtixon tumanlari – iyul, avgust (2 hafta davomida);
5) Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumanlari – avgust (2 hafta davomida);
6) Paxtachi va Narpay tumanlari – avgust, sentyabr (2 hafta davomida);
7) Qo‘shrabot tumani – sentyabr (2 hafta davomida).