Samarqand viloyatidagi maktablar faoliyati o‘rganildi
- 17.09.2021 10:07
- 178
- Ta’lim
Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, ishchi tashrif bilan Samarqand viloyatidagi maktablarda bo‘ldi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari tomonidan hududdagi maktablarning holati, ulardagi ta’lim sifati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, o‘quvchilar va maktab jamoalari bilan kelgusidagi rejalar xususida suhbatlashdi.
Shuningdek tashrif chog‘ida viloyatning tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari bilan davra suhbati o‘tkazib, viloyatda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashdi.
Farzandlari oliy ta’lim muassasalariga yuqori ball bilan o‘qishga kirgan ota-onalar va tajribali maktab o‘qituvchilariga, insholar tanlovida yuqori o‘rinni egallagan o‘quvchilarga qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.