“Samarqand” xalqaro aeroportida ov quroli gilzalari ushlab qolindi
- 18.04.2019 17:24
- 64
- Jinoyat va jazo
“Samarqand” xalqaro aeroportiga “Sheremetevo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.K. “qizil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida uning harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublika Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Shundan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan sumka xolislar ishtirokida tekshirilganda, sumkada jami 50 dona 12 mm kalibrli ov quroli gilzalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Fuqaro A.K. tomonidan olib kelingan ov quroli gilzalari yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga yozib ko‘rsatilmaganligi oydinlashgach, unga nisbatan bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va sudga yuborildi.
Sud majlisi qaroriga ko‘ra, fuqaro A.K. ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga tegishli bo‘lgan ov quroli gilzalari yo‘q qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa