Samarqand xalqaro aeroportida tez orada nimalar o‘zgaradi?

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasiga ko‘ra, endilikda Samarqand “havo darvozasi”da 17 ta yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi.

2022 yilning martiga qadar Samarqand xalqaro aeroportini yirik transport xabiga aylantirish chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Bunda mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 7 tadan 20 tagacha, geografiyasi 4 ta yo‘nalishdan 5 tagacha oshiriladi. Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni haftasiga 25 tagacha, geografiyasi 4 ta yo‘nalishdan 8 tagacha ko‘paytiriladi. «Ochiq osmon» rejimini joriy etish hisobiga 8 ta xorijiy aviakompaniyani jalb qilish va 17 ta yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Shuningdek, chetdan turistlar oqimini keskin ko‘paytirish maqsadida Samarqand xalqaro aeroportining mahalliy temir yo‘l va avtobus qatnovlariga bog‘langan, ilk bor xususiy boshqaruvga berilgan yangi terminali ishga tushiriladi. Yangi terminal kelasi oy ishga tushadi.