“Samarqand” xalqaro aeroportida xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishi to‘xtatib qolindi

Samarqand viloyati huquqni himoya qiluvchi organlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali naqd ko‘rinishdagi xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqib ketilishi to‘xtatib qolindi.

O‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan D.R. 4 nafar mahalliy fuqaro yordamida “Samarqand” xalqaro aeroporti orqali deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 22500 AQSh dollari va 100 ming rubl pullarni xorijga olib chiqishga uringanligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi va ekspertizaga yuborildi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.