Samarqand xalqaro aeroportiga yangi direktor tayinlandi
- 07.07.2021 16:51
- 214
- Samarqand

Andijon xalqaro aeroporti direktori lavozimini egallab turgan Saydullo To‘xtasinov Samarqand xalqaro aeroporti direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» (https://t.me/gazetauz_uzb) ga Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Tegishli qaror 6 iyul kuni rais Ra’no Jo‘rayeva rahbarligidagi Uzbekistan Airports boshqaruv kengashining sayyor yig‘ilishida qabul qilindi. Yig‘ilishda, shuningdek, Samarqand aeroportini 2022 yil may oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga xizmat ko‘rsatishga tayyorlash masalasi muhokama qilindi.
«Bugun biz yangi direktor tayinladik, bundan keyin biz jamoamizni yirik sammitlar paytida aeroportda xizmat ko‘rsatish tajribasiga ega xorijiy mutaxassislar bilan yanada kuchaytiramiz», dedi Ra’no Jo‘rayeva.
Uzbekistan Airports rahbari yaqin kelajakda Air Marakanda bilan davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishini e’lon qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- Kecha, 15:37
- Mutolaa
Quyoshni to‘sgan vulqon
- Kecha, 14:55
- O'qing, qiziq!
Bugun Samarqandda jam bo‘ldi dunyo!
- Kecha, 13:34
- Mutolaa