Samarqandda 1000 o‘rinli karantin zonasiga yangi gaz tarmog‘i tortilmoqda

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining Qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan Samarqand tumanida  SOVID-19 koronavirus pandemiyasiga uchragan bemorlarni davolash maqsadida qurilayotgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan karantin zonasini gazlashtirish uchun uzunligi 4 km bo‘lgan yangi gaz tarmog‘i tortilmoqda. Ayni kunlarda ob’yektning 2,8 kmda montaj ishlari yakunlangan. Qurilish-montaj ishlariga 10 dan ortiq ishchi xodimlar jalb etilgan.

 Koronavirus pandemiyasi bois karantin e’lon qilinganiga qaramay, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining Qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan rejaga ko‘ra, qator  ishlar amalga oshirilmoqda. Boshqarma boshlig‘i Akmal Yangiboyevning aytishicha, Narpay tumanida “Tepa” kichik sanoat zonasida uzunligi 8,5 km gaz tarmog‘ining qurilish montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, hududlarda foydalanishda bo‘lmagan 17,9 km gaz quvurlarining demontaj ishlari yakunlandi.

Ayni kunlarda  Kattaqo‘rg‘on tumanining Javlon mahallasidan Kadan maskanigacha bo‘lgan yuqori bosimli 9 kilometrli gaz quvurining 7,2 kilometri mukammal ta’mirdan chaqarildi.

“Hududgaz Samarqand” gaz

taminoti filiali matbuot xizmati.