Samarqandda 1132 ta avtotransport yo‘lovchi tashish uchun jalb etilgan
- 24.01.2023 11:02
- 125
- Samarqand
Benzin va gaz tanqisligi bois yo‘lovchi tashish transportlari uchun alohida shoxobchalar ishlayotgani ma’lum qilingandi. Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur transportlar belgilangan AGTKSh larda yoqilg‘i bilan ta’minlanib, o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.
Bugun, 24 yanvar kuni viloyat miqyosida 1132 ta avtotransport vositasi yo‘lovchilar xizmatiga chiqarilgan. Yo‘nalishlardagi transport vositalarining 329 tasi avtobus, 47 tasi mikroavtobus hamda 819 tasi Damas rusumli transport vositalaridir.
Jumladan, Samarqand shahrida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatishni tashkillashtirish maqsadida 198 ta avtobus va 9 mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqarilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- 3 soat avval
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Bugun, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Bugun, 11:31
- Mutolaa