Samarqandda 16 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

2020 yil 25 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 181 (+215) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafardan Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida, 8 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 50 441 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 292 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.