Samarqandda 33 ming 824 nafar abituriyent sirtqi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olmoqchi. Ularning qanchasiga o‘qish imkoni beriladi?

Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bugun – 15 iyul kuni to‘xtatiladi. Joriy yilning 14 iyuliga (18:00) qadar viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga tahsil olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan yigit-qizlar soni sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 31 ming 174 taga yetdi.


Jumladan:

1. Samarqand davlat universitetiga 24 ming 668 nafar (kvotalar soni 900 ta);

2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 2078 nafar (kvotalar soni 140 ta);

3. Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 1836 nafar (kvotalar soni 75 ta);

4. Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga 1561 nafar (kvotalar soni 330 ta);

5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga 621 nafar (kvotalar soni 75 ta);

6. “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga 410 nafar (kvotalar soni 75 ta).


Shuningdek, kechki ta’lim shaklida o‘qish uchun Samarqand davlat universitetiga 1670  nafar (kvotalar soni  260 ta)  va Samarqand davlat chet tillar institutiga 986 nafar  (kvotalar soni  90 ta)  abituriyent ro‘yxatdan o‘tkazildi.