Samarqandda 4 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlatildi
- 29.07.2019 14:50
- 640
- Ta’lim

Avval xabar qilganimizdek, bugun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovlaridan o‘tmoqda.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga kirish istagida ro‘yxatdan o‘tgan 96 ming 56 nafar abituriyent qatnashishi rejalashtirilgandi (shundan 6602 nafari boshqa viloyatlardan kelib test topshiradigan abituriyentlar). Biroq test sinovlarining dastlabki kunidayoq 224 nafar abituriyent imtihonga kelmagan bo‘lsa, 4 nafar abituriyent noto‘g‘ri xatti-harakati uchun test jarayonidan chetlatildi.
Eslatib o‘tamiz, test sinovlari ikki navbatda, ya’ni soat 08:00 hamda 15:00 da tashkil qilinmoqda. Har kuni 6120 nafar abituriyentning test topshirishi rejalashtirilgan.
Saytimizni kuzatib boring, bu haqda tezkor ma’lumot berib boramiz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo