Samarqandda 42 yoshli ayol o‘z joniga qasd qildi
- 19.07.2019 11:54
- 1103
- Jamiyat
2019 yilning 17 iyul kuni taxminan ertalabki o‘nlar atrofida 1977 yilda tug‘ilgan G.H ismli ayol Darg‘om kanaliga o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan. Bu haqda human.uz manbasi ma’lum qildi.
Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, G.H ning yonida 6 yashar qizalog‘i ham bo‘lgan. Qizaloqni yaqin-atrofdagi odamlar qutqarib qolgan. Ayolning jami 4 nafar farzandi — 3 qiz 1 o‘g‘li bor. Qutqarib qolingan qizaloq uning kenja farzandi ekani aytilmoqda.
G.H Urgut tumanidagi Oq buva qishlog‘idan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i ikkinchi oilasi bilan Rossiyada yashab kelgan.
G. H nima sababdan joniga qasd qilgani ma’lum emas.
Ayni paytda ayolning jasadi g‘avvoslar tomonidan qidirilmoqda.
Teglar:
joniga qasd
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa