Samarqandda 8 nafar fuqaroning nomiga kredit rasmiylashtirib, 156 million so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilgan sobiq bank xodimi ushlandi
- 06.04.2022 12:28
- 870
- Jinoyat va jazo
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan “Aloqa bank” viloyat filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Tekshiruv davomida bankning Samarqand “Sharq” kompleks xizmatlar ko‘rsatish markazi sobiq bosh menejeri Sh.N. 2021 yil davomida bankka kredit so‘rab murojaat qilmagan 8 nafar fuqaroning nomiga soxta hujjatlar asosida jami 156,3 mln. so‘m iste’mol kreditini rasmiylashtirib, talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa