Yosh bankir Yaponiya hukumatining “sovg‘asi”ni qo‘lga kiritdi

Yaponiya hukumati butun dunyo yoshlari uchun “Davlat boshqaruvi” va “Mahalliy boshqarish” mavzularida yirik tanlov tashkil qildi. Ushbu tanlovda Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish boshqarmasi bosh inspektori Faridun Karimov ham g‘olib bo‘ldi.

Natijada ushbu davlat hukumati qarori bilan 2021 yil oktyabrdan 2022 yil sentyabrgacha Yaponiya Siyosiy tadqiqotlar milliy aspirantura instituti (GRIPS)ning o‘quv kurslariga qabul qilindi.

Ushbu o‘quv kurslariga, shuningdek Tashqi ishlar vazirligi xodimi Z.Hamidjonov, Xorazm viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Norxonov ham munosib deb topilgan.

O‘qish davomidagi barcha xarajatlar Yaponiya davlati hukumati tomonidan qoplanadi.