Samarqandda 8472 nafar o‘quvchi kasb-hunar maktablariga hujjat topshirdi

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yildagi 1-son bayoniga muvofiq, 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari onlayn tarzda kasb.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilindi.

Joriy yilning 21 iyulidan kasb-hunar maktablariga hujjat qabul qilish yakunlandi. Tahlillarga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 74181 nafar 9-sinf bitiruvchilari o‘qishni kasb-hunar maktablarida davom ettirish uchun hujjat topshirgan. Ularning 8472 nafari Samarqand viloyatidagi kasb-hunar maktablarida o‘qish istagini bildirgan.

Ma’lumot uchun, kasb-hunar maktablarida ikki yillik ta’lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilari boshlang‘ich professional ta’lim oladi. Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Kasb-hunar maktablarida 2 yil davomida umumta’lim va mutaxassislik fanlari integratsiyalashgan dasturlari asosida o‘qitiladi. O‘quvchiga o‘zi tanlagan kasb bo‘yicha bilim beriladi.

Otajon NOROV,

Samarqand viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bo‘limi bosh mutaxassisi.