Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolanishi rejalashtirilgan — Vladimir Norov
- 02.08.2022 18:01
- 75
- Samarqand
Bu haqda Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi V.Norov bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston - Ozarbayjon - Turkiya» uch tomonlama birinchi yig‘ilishida aytib o‘tgan.
Norovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Hozir tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda.
Qayd etilishicha, ushbu temir yo‘l koridorini Trans-Kavkaz yo‘lagi bilan bog‘lash mamlakatlar o‘rtasida yagona transport tarmog‘ini yaratadi va Xitoydan Yevropaga savdo geografiyasini kengaytiradi.
Teglar:
ShHT sammiti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa