Samarqandda bu yil 10843 ta kvartiradan iborat 203 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi

Bu haqda bugun viloyat hokimligida uy-joy qurilishining borishi, qurilishda sifat nazoratiga berilayotgan e’tibor hamda fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamada ma’lum qilindi.

Muhokamada qayd etilishicha, hozirga qadar 24 ta (1868 kvartirali) ko‘p qavatli uy-joy foydalanishga topshirilgan. Qurilishi davom etayotgan 203 ta ko‘p qavatli uy-joyning esa 69 tasi (2502 ta kvartirali) Urgut va Bulung‘ur tumanlaridagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarida barpo etilmoqda.