Samarqandda fevral oyida 52 marta noqonuniy qum-shag‘al qazish holati aniqlangan
- 29.02.2024 12:13
- 68
- Samarqand
Viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2024 yil fevral oyida shahar va tumanlarda o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida 52 nafar huquqbuzarlar tomonidan noqonuniy qum-shag‘al va tuproq aralashmasini qazib olganligi aniqlangan. Bu haqda boshqarmaning axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Jumladan, hududlari kesimida:
🔹 Ishtixon tumanida – 7
🔹 Oqdaryo tumanida – 4
🔹 Jomboy tumanida – 1
🔹 Narpay tumanida – 1
🔹 Kattaqo‘rg‘on tumanida – 1
🔹 Qo‘shrabot tumanida – 19
🔹 Payariq tumanida – 7
🔹 Samarqand tumanida – 1
🔹 Nurobod tumanida – 3
🔹 Urgut tumanida – 1
🔹 Toyloq tumanida – 3
🔹 Samarqand shahrida – 4 ta holat qayd etilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarning barchasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 330 million so‘m jarima belgilangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ibratli voqea: Ehson
- Kecha, 19:07
- Mutolaa
Kattaqo‘rg‘onda yana qulupnay pishdi
- Kecha, 18:51
- Qishloq xo'jaligi
Mutolaa: Snayper (hikoya)
- Kecha, 13:53
- Mutolaa
Sevgi sababli ta’limdan voz kechish kerakmi?
- Kecha, 13:49
- Jamiyat