Samarqandda Harbiy sport kichik akademiyasiga o‘qishga kiritish uchun pora talab qilgan shaxs ushlandi

2020 yil 11 sentyabr kuni Samarqand viloyati IIBga 29  yoshli D. ariza bilan murojaat qilib, X.U. ismli shaxs tanishining farzandini Toshkent shahridagi Harbiy sport kichik akademiyasiga o‘qishga kiritish evaziga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni tamagirlik yo‘li bilan talab qilib kelayotganlini bildirib, X.U.ga nisbatan chora ko‘rishini so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 11 sentyabr kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Departamentning Samarqand viloyati bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1977 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi X.U. ariza muallifidan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.