Samarqandda ijarada turgan uyini fohishaxonaga aylantirgan qizning kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Samarqandda A. ismli qiz ijarada turgan uyida bir guruh yoshlarga jinsiy aloqa qilish uchun joy hozirlab bergani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 1995 yilda tug‘ilgan A. Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasidagi xonadonda fohishaxona tashkil qilib, 400 ming so‘m evaziga uyidan alohida xona ajratib berayotgan vaqtda Samarqand shahri bo‘yicha 6-ichki ishlar jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Pullar guvohlar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.