Samarqandda ishga joylashtirish va soxta attestatni tayyorlab berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Davlat xavfsizligi xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda firibgarlik faoliyatini oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1973 y.t. fuqaro “I.O.” o‘zining tanishlari orqali mahalliy fuqaroni Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 900 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, o‘tkazilgan yana bir tadbirda Samarqand shahrida tug‘ilgan fuqarolar “F.Sh” va “A.Sh.” mahalliy fuqaroga 11-sinfni tamomlaganlik to‘g‘risidagi attestatni XTB tizimida ishlovchi mansabdor shaxslar orqali olib berish evaziga 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.